Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanişi mumkin
4-06-2026, 16:39
109 марта

Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanişi mumkin
Ilon Mask öziga tegişli SpaceX kompaniyasi aktsiyalarining qiymatini ommaviy savdoga çiqariş arafasida 1,75 trillion dollar deb baholadi va birjadagi aktsiyalar savdosi şu narxda amalga oşsa, Mask dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkin. Bu haqda kompaniya AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etgan hujjatlarda elon qildi.Qayd etilişiça, SpaceX aktsiyalarining dastlabki bahosi har bir donasi uçun 135 dollar qilib belgilangan. Agar investorlar uşbu narxda aktsiyalarni sotib olsa, kompaniyaning umumiy bozor qiymati taxminan 1,75 trillion dollarga yetadi. Bu esa, joriy yil boşida qayd etilgan 1,25 trillion dollarlik bahodan sezilarli darajada yuqori.
Malum qilinişiça, kompaniyaning aktsiyalarni ommaviy joylaştiriş jarayoni (IPO) 12 iyun kuni Nasdaq birjasida boşlanişi kutilmoqda. SpaceX mazkur IPO orqali 75 milliard dollar jalb qilişni rejalaştirgan. Bu esa, AQŞ fond bozori tarixidagi eng yirik IPOlardan biri bölişi mumkin.
Mutaxassislarning takidlaşiça, kompaniyaning bir haftadan ortiq vaqt oldin aktsiya narxini elon qilişi juda kam uçraydigan holat hisoblanadi.
Odatda kompaniyalar aktsiyalar savdosi boşlanişidan bir kun oldingina dastlabki narxni malum qiladi.
Agar aktsiyalar 135 dollar yoki undan yuqori bahoda sotilsa, SpaceX dunyodagi eng qimmat kompaniyalar qatoridan joy oladi. Bu holatda kompaniyaning 80 foizdan ortiq aktsiyalariga egalik qiluvçi Ilon Maskning boyligi ham keskin oşib, nazariy jihatdan uni birinçi trillionerga aylantirişi mumkin.
Biroq tahlilçilar bunday natija kafolatlanmaganini takidlamoqda. Dealogic malumotlariga köra, sönggi 30 yil içida birjaga çiqqan kompaniyalarning qariyb yarmi IPOdan keyin öz qiymatining bir qismini yöqotgan. Mergermarket tadqiqot markazi mutaxassisi Samuel Kerr SpaceX’ning bahosi esa juda yuqori ekanini qayd etgan.
“Kompaniyaning bahosi uning hozirgi savdo hajmiga nisbatan, hatto Alphabet, Amazon, Apple, Meta, Nvidia, Microsoft va Tesla kabi texnologik gigantlardan ham yuqori baholanmoqda. Biroq investorlar SpaceX’ni bugungi daromadlari emas, balki kelajakdagi imkoniyatlari uçun baholagan”, degan u.Rasmiy malumotlarga köra, SpaceX 2025 yilda 18,6 milliard dollar daromad olgan bölsa-da, yilni 4,9 milliard dollar sof zarar bilan yakunlagan. 2026 yilning birinçi çoragida esa, kompaniya 4,7 milliard dollarlik tuşumga erişgan, ammo 4,3 milliard dollar zarar qayd etgan.