Ilon Mask SpaceX’dan qança maoş oladi?
21-05-2026, 15:27
281 марта

Ilon Mask SpaceX’dan qança maoş oladi?
SpaceX kompaniyasi IPO oldidan investorlar uçun taqdim etgan hujjatlarida kompaniya rahbari Ilon Maskning yillik rasmiy maoşi 2019 yildan beri 54 ming dollar ekanini malum qildi.Şu bilan birga, Mask uçun alohida bonus dasturi ham nazarda tutilgan. U belgilangan maqsadlarga erişilgan taqdirda kompaniya aktsiyalarini olişi mumkin. Maksimal mukofotni qölga kiritiş uçun SpaceX Marsda kamida 1 million aholiga ega doimiy yaşaş joyi barpo etişi kerak böladi. Bundan taşqari, kompaniyaning bozor qiymati 7,5 trillion dollarga yetişi lozim.
SpaceX investorlar uçun tayyorlangan hujjatda ehtimoliy xavflar haqida ham malumot bergan. Hujjatning 38 sahifasi turli tavakkalçiliklarga bağişlangan bölib, asosiy xavflardan biri Starşip dasturi bilan boğliq ekani qayd etilgan.
Kompaniya strategiyasining katta qismi qayta işlatiladigan oğir raketa — Starşip loyihasiga tayanadi. Biroq SpaceX uşbu dastur böyiça belgilangan maqsadlarga öz vaqtida yoki umuman erişilişini kafolatlay olmasligini bildirgan. Bu holat yangi avlod suniy yöldoşlarini uçiriş va orbitadagi data-markazlar loyihalariga ham tasir qilişi mumkin.
Kompaniya, şuningdek, orbitadagi data-markazlar, Oy va Marsni özlaştiriş kabi bir qator taşabbuslar amalda hali sinovdan ötmaganini tan olgan.
SpaceX raketa uçirişlari doim avariya xavfi bilan boğliqligini takidlab, raketa, suniy yöldoş va boşqa yuklar suğurta qilinmasligini malum qildi. Yöqotişlar yuz bergan taqdirda moliyaviy zarar kompaniya zimmasida qoladi.