“Forbes” dunyoning eng boy odamlari reytingini elon qildi
11-03-2026, 06:18
392 марта

“Forbes” dunyoning eng boy odamlari reytingini elon qildi
Tadbirkor Ilon Mask ketma-ket ikkinçi yil “Forbes” talqini böyiça dunyoning eng boy odamlari yillik reytingida birinçi örinni egalladi. Bu haqda “Forbes”ning rasmiy saytida elon qilindi.Tesla, SpaceX asosçisi va X ijtimoiy tarmoği egasining sarmoyasi 839 milliard dollarga yetdi. Mask fevral oyi boşida SpaceX kompaniyasining öz xAI startapi bilan birlaşişidan söng, boyligi 800 milliard dollarlik dovondan oşgan ilk insonga aylandi.
Liderning ikkinçi örindagi Google hammuassisi Larri Peyj (257 mlrd dollar) bilan orasidagi farq 500 milliard dollardan oşadi. Reytingda uçinçi örinni Google’ning yana bir asosçisi — Sergey Brin 237 milliard dollar boylik bilan egalladi.
Undan keyingi örinlarda Amazon asosçisi Jeff Bezos (224 mlrd dollar) va kuçli beşlikni Meta egasi Mark Tsukerberg 222 milliard dollar bilan yakunlab bergan.
“Ötgan yil davomida aholi farovonligi misli körilmagan darajada ösdi, çunki boylar hayratlanarli tezlikda yanada boyişda davom etmoqda. Bu yilgi röyxatda 3428 nafar milliarder qayd etildi, bu ötgan yilgiga nisbatan 400 kişiga köp va 1987 yilda röyxat tuzila boşlanganidan beri rekord körsatkiçdir”, deyiladi materialda.
Dunyoning eng boy odamlari jami bölib rekord darajadagi 20,1 trillion dollarga egalik qilmoqda (bir yil oldin 16,1 trln dollar edi). Reytingdagi birinçi öntalikning umumiy boyligi 2,6 trillion dollarga baholanmoqda. Bundan taşqari, boyligi 100 milliard dollardan oşadigan insonlar soni ham rekord darajaga – 20 nafarga yetdi.
Bu yilgi “Forbes” milliarderlari reytingiga 390 nafar yangi iştirokçi kirdi, ular orasida Maskning akasi Kimbal, reper va prodyuser Dr.Dre (Andre Yang), xonanda Beyonse Noulz-Karter va tennisçi Rojer Federer bor. Röyxatdan 89 kişi, xususan, NASA rahbari Jared Ayzekman çiqarib taşlandi.
Mask sarmoyasining jadal ösişiga asosiy drayver sifatida uning qiymati 250 milliard dollargaça kötarilgan xAI startapiga kiritilgan investitsiyalar hamda SpaceX muvaffaqiyatlari xizmat qildi. Oxirgisi 2026 yildayoq aktsiyalarini birlamçi ommaviy joylaştirişga (IPO) tayyorgarlik körmoqda, bunda kompaniya 1,5 trillion dollardan köproqqa baholanişi mumkin. Bu tarixdagi eng yirik IPO böladi va tadbirkorning boyligini yanada oşiradi.
Tahlilçilarning prognoz qilişiça, agar SpaceX IPÖsi muvaffaqiyatli ötsa va uning kompaniyalari hozirgi ösiş suratini saqlab qolsa, Mask tarixdagi ilk 1 trillion dollarlik sarmoyaga ega insonga aylanişi mumkin. “Forbes” öntaligidan asosan texnologiya sektori vakillari joy olgan bölib, ön nafar milliarderdan sakkiz nafari AQŞ fuqarosidir.
Mask sarmoyasining ösişi texnologik bozordagi beqarorlik fonida yuz bermoqda. Dunyoning önta eng boy odamlaridan olti nafari fevral oyida öz kompaniyalari aktsiyalari kursi tuşişi ortidan boyligining bir qismini yöqotdi. Eng katta yöqotişlarni Jeff Bezos (minus 260 mlrd dollar), Mark Tsukerberg (minus 230 mlrd dollar) va Oracle asosçisi Larri Ellison (minus 210 mlrd dollar) kördi.