“Sportico” naşri sport tarixidagi eng köp daromad körgan sportçilar reytingini elon qildi.
24-04-2025, 00:22
198 марта
Manbaga köra, uşbu reytingda basketbol afsonasi Maykl Jordan yetakçi böldi. U sportçilik faoliyati davomida 4.15 milliard dollar daromad qilgan. Ikkinçi örindan maşhur golfçi Tayger Vuds joy olgan bölib, u faoliyati davomida 2.79 milliard dollar işlab topgan. Kuçli uçlikni esa portugaliyalik futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu yakunlab berdi. Ronalduning daromadi 2.23 millard dollarga teng.Quyida eng köp daromad körgan sportçilar reytingi bilan tanişib çiqişingiz mumkin:
1. Maykl Jordan - 4.15 millard dollar;
2. Tayger Vuds - 2.79 milliard dollar;
3. Kriştianu Ronaldu - 2.23 millard dollar;
4. Lebron Jeyms - 1.88 milliard dollar;
5. Lionel Messi - 1.85 milliard dollar;
6. Arnold Palmer - 1.82 milliard dollar;
7. Jek Niklaus - 1.75 milliard dollar;
8. Devid Bekxem - 1.61 milliard dollar;
9. Rojer Federer - 1.59 milliard dollar;
10. Floyd Meyveyzer - 1.52 milliard dollar.
Manbaga köra, Ronaldu Jordanni ortda qoldirib, birinçi öringa çiqib olişi mumkin. Buning uçun 40 yoşli futbolçi “Al-Nasr” bilan şartnomasini uzaytirişi kerak böladi. Ayni vaqtga kelib, ikki tomon bu masalani körib çiqmoqda.