Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan
foydalanamiz.
Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati
va Foydalanish
shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.
Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekord darajaga yetdi — 75 mlrd dollar
8-02-2026, 12:51
153 марта
Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekord darajaga yetdi — 75 mlrd dollar
Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026 yil fevral oyiga kelib birinçi marta 75 milliard dollardan oşdi.
Markaziy bank malumotlarida keltirilişiça, yanvar oyida mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 75,08 mlrd dollarni taşkil etdi. Bir oy davomida zaxiralar 8,8 mlrd dollarga köpaygan. Oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket oltinçi oy tarixiy maksimumni yangiladi. Sönggi bir yil davomida xalqaro zaxiralar hajmi 82 foizdan ortiq köpaydi.
Yanvar oyida zaxiralardagi oltinning qiymati qariyb 10 milliard dollarga oşib, 65 milliard dollarga yaqinlaşdi. Oltinning fizik hajmi esa 12,8 million troya untsiyani taşkil etdi. Valyuta zaxiralari esa 1,2 milliard dollarga qisqarib, 9,5 milliard dollarga tuşdi.
Oltin zaxiralari qiymatining oşişiga jahon bozorlarida narxlarning keskin kötarilişi asosiy omil böldi. 2026 yil yanvar oyida oltin narxi ilk bor bir troya untsiya uçun 5,5 ming dollardan oşgandi.
2025 yil 1 noyabrda mamlakat oltin-valyuta zaxiralari qiymati ilk bor 59,3 milliard dollardan oşgandi. 2025 yil 1 dekabriga kelib, oltin-valyuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetgandi. 2026 yilning yanvarida Özbekiston oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni taşkil etgandi.