Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixiy körsatkiçga yetdi
30-08-2025, 01:00
130 марта

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixiy körsatkiçga yetdi
Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 48 milliard dollardan oşdi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 29 avgust kuni Toşkentdagi “Yangi Özbekiston” boğida bölib ötayotgan mamlakat mustaqilligining 34 yilligiga bağişlangan bayram tadbirida malum qildi.Unda davlat rahbari mamlakatda tadbirkorlik iqtisodiyotni harakatga keltiruvçi, oldinga boşlovçi katta kuçga aylanganini takidladi. Özbekiston yetakçisiga köra, keyingi sakkiz yilda mamlakatning yalpi içki mahsuloti 2 karra oşib, 2024 yilda 115 milliard dollarga, eksport hajmi 26 milliard dollarga yetgan. 2025 yil yakunigaça yalpi içki mahsulot 130 milliard dollar böladi.
Malum qilinişiça, respublikaning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 48 milliard dollardan oşgan. Ötgan sakkiz yilda Özbekistonga qariyb 130 milliard dollar xorijiy investitsiyalar kirib kelgan.