Özbekiston oltin eksportini 84 foizga oşirdi
21-08-2025, 23:13
194 марта
Özbekiston oltin eksportini 84 foizga oşirdiMamlakat joriy yilning yetti oyida ötgan yilning şu davriga nisbatan 3,5 milliard dollarga köproq oltin sotdi. Bu haqda Statistika qömitasi tahlilida malum qilindi.
2025 yil yanvar–iyul oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 44,4 milliard dollarga yetdi. Bu körsatkiç 2024 yilning şu davriga nisbatan 19,9 foizga yuqori. Şu davrda respublika eksporti hajmi 20,1 milliard dollarni taşkil etdi (ösiş 34,9 foiz), import esa 24,3 milliard dollarga teng böldi (ösiş 9,9 foiz).
Yetti oy davomida mamlakat qariyb 7,7 milliard dollarlik oltin eksport qilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 83,7 foizga köpdir. Oltn sotuvi respublika umumiy eksportining 37,7 foizini taşkil etgan.
2025 yil iyul oyida Özbekiston eksporti tuşumlari 3,2 milliard dollarga yetdi. Şuning qariyb 1,1 milliard dollari oltin savdosidan kelib tuşgan.
Şu bilan birga, 2025 yil iyun oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin sotib olgan bölsa, şundan 9 tonnasi Özbekiston Markaziy banki hissasiga töğri kelgan. Bu körsatkiç böyiça mamlakat dunyoda birinçi örinni egalladi.
Joriy yilning birinçi yarmida Özbekiston 18 tonnadan ortiq qimmatbaho metall xarid qilib, savdo hajmi böyiça ham jahonda yetakçilik qilmoqda.