USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkent viloyatida jamoat transporti qimmatladi. Yangi tariflar qanday?

153 марта
Тошкент вилоятида жамоат транспорти қимматлади. Янги тарифлар қандай?

Toşkent viloyatida jamoat transportlaridan foydalaniş uçun naqd puldagi tariflar qayta körib çiqildi va ular elektron tarif tölovlariga nisbatan 30 foiz qimmatlaştirildi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşining keça, 20 iyul kuni qabul qilgan viloyat şaharlarida jamoat transportida tarif tizimini takomillaştiriş töğrisidagi qarorida qayd etildi. 

Mazkur hujjat bilan viloyatning şaharlarida brutto şartnoma asosida şahar içi avtobus yönalişlarida jamoat transporti xizmatlari uçun yangi tariflar tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, viloyatda şartnoma asosidagi barça avtobuslar salonida yölkira haqini naqd pulsiz oliş amaliyoti töliq joriy etilib, jamoat transportida yölkira tölovlarini elektron şaklda amalga oşirişni rağbatlantiriş maqsadida naqd puldagi tariflar elektron tölov tarifiga nisbatan 30 foiz yuqori etib belgilandi.

Şuningdek, yölovçilar uçun soatlik, kunlik, uç oylik, olti oylik hamda yillik limitsiz tarif rejalari joriy etiladigan böldi.

Yangi tariflar quyidagiça:

  • Transport yoki bank kartasi orqali elektron tölov – 2 000 söm (QQS bilan);
  • Naqd pul orqali tölov – 2 600 söm (QQS bilan);
  • Bir yölovçining yukini taşiş xizmati – 2 600 söm (QQS bilan).

Mazkur narxlardan kelib çiqib, avtobus va elektrobuslar uçun bir kunlik yöl haqi 8 ming söm etib belgilandi. Şuningdek, yölovçilar uçun 5 kunlik (22 ta qatnov) abonement 34 ming söm, 10 kunlik (44 ta qatnov) – 68 ming söm, 15 kunlik (66 ta qatnov) – 102 ming söm, 20 kunlik (88 ta qatnov) – 135 ming söm va 30 kunlik (130 ta qatnov) – 200 ming söm qilib tasdiqlandi. Uzoq muddatli tariflar 90 kunga – 600 ming söm, 180 kunga – 1,2 million söm va 365 kunga – 2,4 million söm etib belgilandi.

Pensionerlar, nogironlar, talabalar va öquvçilar uçun imtiyozli tariflar ham joriy etildi. Ular uçun bir kunlik tarif 4 ming söm, 5 kunlik abonement 17 ming söm, 10 kunlik – 34 ming söm, 20 kunlik – 68 ming söm va 30 kunlik – 100 ming söm etib belgilangan. Şuningdek, uşbu toifadagi yölovçilar uçun 90 kunlik tarif 300 ming söm, 180 kunlik – 600 ming söm va 365 kunlik tarif 1,2 million sömni taşkil etadi.

Bundan taşqari, “Şahar yölovçilar transportidan bepul foydalanişni tartibga soliş töğrisida”gi qonunga muvofiq transportdan bepul foydalaniş huquqiga ega şaxslar uçun 30 kunlik, 60 ta qatnovni öz içiga olgan tarif rejasi 0 söm etib belgilandi.

Yangi tizimda yölovçilar muddatli abonementlarni tanlaş orqali bir qatnov uçun tölanadigan örtaça xarajatni kamaytiriş imkoniyatiga ega böladi. Şu bilan birga, tariflar kunlar emas, belgilangan muddat davomida amalga oşiriladigan qatnovlar soniga boğlangani bilan ham farq qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida joriy yilning 1 sentyabridan hukumatning “Şahar yölovçi transporti tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga binoan, avtobusga çiqiş vaqtida yölkira tölaş majburiy bölişi belgilangandi..

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: