Xorazm! Jamoat transportida naqd pulsiz tizimga ötiladi (Yangi tariflar)
21-06-2026, 00:14
352 марта
Xorazm! Jamoat transportida naqd pulsiz tizimga ötiladi (Yangi tariflar)Xorazm viloyati hokimi J.Raximov tomonidan viloyatda jamoat transporti tizimini raqamlaştiriş va yaşirin iqtisodiyotga çek qöyiş maqsadida yangi qaror imzolandi. Unga köra, avtobus va trolleybuslarda yölkira haqini tölaşning naqd pulsiz (elektron) tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Aholiga qulaylik yaratiş maqsadida yangi tizimga ötiş ikki bosqiçda amalga oşiriladi:
Yangi tizim bosqiçlari:
1-bosqiç (2026 yil 1 iyuldan): Dastlab ŞI-4, ŞI-5, ŞI-7, ŞI-13, ŞI-18, ŞI-19 va ŞI-28-sonli avtobus yönalişlari hamda maşhur T1-sonli «Urganç şahri – Xiva şahri» trolleybus yönalişida töliq naqd pulsiz tizimga ötiladi.
2-bosqiç: Qolgan barça avtobus va trolleybus yönalişlarida brutto-şartnomalar rasmiylaştirilganidan keyin tölovlar faqat elektron tarzda (ATTO tizimi orqali) qabul qilinadi.
Belgilangan yangi tariflar:
Qarorga muvofiq, transport vositalarida quyidagi tariflar amal qiladi:
Trolleybus yönalişlarida: Bir yölovçi uçun yölkira haqi 3 000 söm (QQS bilan) etib belgilandi.
Yuk taşiş: Vazni 20 kilogrammdan ortiq bölgan bagajni taşiş xizmati uçun bir martalik tölov tarifi 4 000 sömni taşkil etadi.
Muhim yangilik: Yölovçilar elektron tölovlarni oson amalga oşirişlari uçun «Urganç – Xiva» avtomobil yöli böyidagi bekatlarda va ularga yaqin hududlarda (şaharlarda 150-200 metr, tumanlarda 500-600 metr radiusda) çipta olişga möljallangan maxsus infokiosklar örnatiladi.
Uşbu qaror «Xorazm haqiqati» gazetasida rasmiy elon qilingan kundan boşlab kuçga kiradi. Validator örnatilmagan jamoat transportlariga nisbatan esa qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar köriladi.