USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Saida Mirzyoyevaga muhim topşiriq berdi

476 марта
Президент Саида Мирзёевага муҳим топшириқ берди

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga diplomatik vakolatxonalarning işini tahlil qiliş topşirildi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan joriy yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida söz bordi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda oliy darajadagi 52 ta taşrif doirasida 213 milliard dollarlik 1 ming 617 ta investitsiya loyihasi böyiça kelişuvlarga erişilgan. Lekin bu loyihalar ijrosini nazorat qilişda sustkaşliklar kuzatilayotgani qayd etilgan. 

Endilikda “yöl xaritalari” Hisob palatasi va Taşqi işlar vazirligi tomonidan yuritilişi belgilangan. 

Boş vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hokimlar va elçilar bilan birga “yöl xaritalari”ni davlatlar kesimida, “loyihabay” muhokama qiliş topşirilgan. 

Davlat rahbari xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati böyiça ham köp etirozlar borligini bildirgan. Belarusdagi elçi investitsiya va taşqi savdo masalalariga befarqligi uçun lavozimidan ozod etilgan, Frantsiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Ömon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elçilarning faoliyati ham yetarli darajada körinmayotgani qayd etilgan. 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga komissiya tuzib, iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport böyiça diplomatik vakolatxonalarning işini tahlil qiliş, öz vazifasini bajara olmayotganlarni yoş, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan almaştiriş yuzasidan takliflar kiritiş topşirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: