Davlat mulkini sotib olişda avans tölovi 2 barobarga kamaytiriladi
Özbekistonda davlat aktivini olgan tadbirkor uçun avans tölovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan joriy yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida söz bordi.
Yiğilişda yil boşidan 57 ta tarmoq va 76 ta hududiy korxona işlab çiqarişni 11 trillion sömga kamaytirgani qayd etilgan.
Boş vazir örinbosariga viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan ön kunda “korxonabay” tahlil ötkaziş topşirilgan. Har bir korxonada qanday muammo bölsa, şu joyning özida hal etiladi.
Sanoat kengaşiga 133 ta korxonada yöqotilgan 11 trillion sömlik işlab çiqarişni qoplaş böyiça taklif kiritiş vazifasi qöyilgan.
Şuningdek, hozir 22 trillion sömlik 3 mingta davlat obekti auktsionda turgani aytilgan. Hokimlarda davlat mulklarini sotiş böyiça tizim yöqligi tanqid qilingan.
Yaqinda yangi xususiylaştiriş dasturi boşlanadi. Unga köra, 100 trillion sömlik 1,3 mingta köçmas mulk, 8 ming gektar yer maydoni va 66 ta korxonadagi davlat uluşlari savdoga çiqariladi.
Davlat aktivini olgan tadbirkor uçun avans tölovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Qolgan summani foizsiz bölib tölaş imkoniyati beriladi.