Google ayrim qoidalarni özgartirmoqda. Nimalarni bilişi kerak?
Android qurilmalari foydalanuvçilariga Google’dan zaxira nusxalarini saqlaş qoidalarining kutilayotgan özgarişi haqida bildirişnomalar kela boşladi. Bir yarim oydan söng smartfonlarning zaxira malumotlari “Google Disk” bulutli xotirasining umumiy hajmida hisobga olinadigan böladi. Bu haqda “Android Authority” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hozirda SMS, qönğiroqlar tarixi, qurilma sozlamalari va boşqa tizim malumotlarini öz içiga olgan zaxira nusxalari bepul bulutli maydon limitiga tasir qilmaydi. Yangi qoidalar kuçga kirgaç, ular fotosuratlar, videolar va boşqa fayllar singari “Google Disk”dan joy egallaydi.
Bu şuni anglatadiki, ayniqsa foydalanuvçilar şaxsiy malumotlarni saqlaş uçun bulutdan faol foydalanayotgan bölsa, mavjud xotira hajmi tezroq tugaşi mumkin. Agar yangilanişdan söng “Google Disk”da böş joy qolmasa, Android qurilmani avtomatik ravişda zaxiralab borişni töxtatadi.
Zaxira nusxalaş işini qayta tiklaş uçun foydalanuvçilar “Google Disk”dan keraksiz fayllarni öçirişlari, Gmail poçtasi yoki “Google Photo”ni tozalaş evaziga joy böşatişlari yoki kengaytirilgan bulutli xotira hajmiga ega pullik obunani rasmiylaştirişlari kerak böladi.
Bir vaqtning özida Google zaxira nusxalarini boşqariş imkoniyatlarini kengaytirdi. Android 9 va undan yangiroq versiyalardagi qurilmalarda foydalanuvçilar qaysi ilovalar va malumotlarni bulutda saqlaşni, qaysilarini esa zaxira nusxalaşdan çiqarib taşlaşni mustaqil ravişda tanlaşlari mumkin böladi.
Bunday yondaşuv egallanayotgan maydon hajmini qisqartirişga va faqat haqiqatan ham muhim malumotlarni saqlab qolişga yordam beradi.
Innovatsiya bulutli xotiradan foydalanişni yanada şaffof qilişga qaratilgan, biroq smartfon egalari “Google Disk”da qança böş joy qolganini oldindan tekşirib körganlari maqul. Agar xotira allaqaçon tölişga yaqin qolgan bölsa, özgarişlar kuçga kirgaç, hajmni qöşimça ravişda oşirmasdan yoki bulutni tozalamasdan avtomatik zaxira nusxalaş öçib qolişi mumkin.