Android smartfonlarda xavfli virus aniqlandi
29-11-2025, 11:15
102 марта

Android smartfonlarda xavfli virus aniqlandi
Android dasturiy tizimida işlaydigan smartfonlarda ekran mazmunini öqiy oladigan Sturnus nomli virus aniqlandi. Bu haqda “Android Authority” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, virus nafaqat foydalanuvçi ekranidagi malumotlarni yaşirin köra oladi, balki malumotlarni şifrlaş tizimlarini ham çetlab ötadi. Masalan, Sturnus Telegram va Signal messenjerlaridagi xabarlarga ham kirişga muvaffaq bölgan.
Virus ekran orqali parollarni yiğişi, bank ilovalari malumotlarini örganişi, yozişmalarni öqişi va smartfondagidagi malumotlarni tahlil qilişi mumkin. Mutaxassislarning aytişiça, virus özini Google Çrome va boşqa maşhur ilovalar körinişida yaşiradi. U internetdagi apk-fayllar orqali tarqatilmoqda.
Infektsiyalar asosan Markaziy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan. Google rasmiy Play dökonida zararli ilovalar topilmaganini malum qilgan. Kompaniya vakillari, şuningdek, Google Play Protect xavfsizlik tizimi Sturus virusining malum versiyalarini samarali bloklayotganini va Android foydalanuvçilarini qöşimça himoya qilayotganini qayd etgan.
Bungaça Palo Alto Networks kompaniyasining Unit 42 tadqiqot bölimi ham Android uçun ilgari nomalum bölgan Landfall zararli dasturidan foydalanilgan yangi kiberjosuslik kampaniyasini aniqlagan. Hujum Samsung Galaxy smartfonlaridagi nol-kun (zero-day) zaifligidan foydalanib amalga oşirilgan bölib, ilk bor 2024 yil iyul oyida qayd etilgan.