USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Körşapalak orqali tarqaladigan xavfli viruslar aniqlandi

264 марта

Körşapalak orqali tarqaladigan xavfli viruslar aniqlandi 

Xitoyning Yunnan provintsiyasidagi Endemik kasalliklarni nazorat qiliş instituti olimlari körşapalakdan yangi ikki xil virusni aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot PLOS Pathogens ilmiy jurnalida çop etildi.
Malum qilinişiça, viruslar körşapalaklardan topilgan bölib, genetik jihatdan insonlar uçun xavfli sanalgan Nipah va Xendra viruslariga yaqin sanaladi. Uşbu viruslar odamda miyaning oğir yalliğlanişi va nafas yöllari kasalliklariga sabab bölişi mumkin. 
Tört yil davom etgan tadqiqot doirasida mutaxassislar Yunnanning beş hududida yiğilgan 10 turdagi 142 ta körşapalakning buyrak töqimalarini örgangan. Yuqori aniqlikdagi DNK texnologiyasi yordamida 22 ta virus aniqlangan, ularning 20 tasi ilgari fanga nomalum bölgan.

Eng katta xavotirni Henipavirus turkumiga mansub ikkita yangi virus uyğotgan. Aynan şu turkumga yuqori ölim körsatkiçlari bilan tanilgan Nipah va Xendra viruslari ham kiradi. Aniqlangan yangi viruslar mevali körşapalaklardan topilgan bölib, ular inson yaşaş joylariga yaqin bölgan mevali boğlar atrofida uçraydi. Tadqiqotçilarning takidlaşiça, bunday viruslar körşapalak siydigi orqali tarqalişi mumkin va ifloslangan mevalar orqali insonlarga yuquv xavfi mavjud.

Viruslardan taşqari, olimlar Klossiella yunnanensis deb nomlangan yangi bir hujayrali organizmni, şuningdek, Flavobacterium yunnanensis nomini olgan ilgari nomalum bölgan bakteriyani aniqlagan.
Tadqiqot mualliflari bu iş ilk marotaba Xitoydagi körşapalak buyraklaridan topilgan yangi viruslarning töliq genomini tavsiflaş imkonini berganini takidlamoqda. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: