Kimlar qaçon va qanday qon tahlillari topşirişi kerak?
26-05-2025, 08:59
112 марта

🌡Qon – inson organizmidagi eng muhim suyuq töqima bölib, uning asosiy qismini kiçik qon tanaçalari taşkil etadi.
🤧 Aynan uşbu elementlarning soni, şakli va funktsiyasiga köra, tanadagi turli yalliğlanişlar, anemiya, onkologik kasalliklar, immun tizimi va tromboz kabi patologik özgarişlar haqida barvaqt malumot olişi mumkin.
💬 — Qon tahlillari topşiriş – har bir inson uçun öz salomatligini baholaş va nazorat qilişda muhim jarayon hisoblanadi, — deydi Toşkent şahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Orifjon Aripov.
🔎 — Jumladan, bunday tekşiruv usullari yuqumli va surunkali kasalliklar, infektsiyalar (masalan, viruslar yoki bakteriyalar), diabet, gepatit hamda OIV kabi xavfli xastaliklarni erta bosqiçda aniqlaş imkonini beradi.
🩺 Buyrak, jigar, yurak va qalqonsimon bez kabi azolar faoliyatini tekşiriş, temir, B12, D kabi vitamin hamda boşqa muhim moddalar miqdorini biliş ham aynan uşbu tahlillar yordamida qulay amalga oşiriladi. Qolaversa, bunday tekşiruvlar orqali qon bosimi, qand miqdori va xolesterinni nazorat qiliş, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini erta aniqlaş hamda ularning oldini oliş mumkin.
💊 Şuningdek, laborator qon tahlillari dori vositalari samaradorligini baholaş va ularning organizmga tasirini kuzatişda ham juda muhim.
👩⚕️ Şu bois şifokor körsatmasi bilan birlamçi tibbiyot muassasalari orqali qon tahlillari topşiriş zarur. Bunda Soğliqni saqlaş vazirligining davolaş protokollari asosidagi laborator tekşiruvlar tavsiya etiladi.
📌 Jumladan:
🔢Soğlom insonlar (profilaktika maqsadida):
✅ Yilda 1 marta quyidagi asosiy qon tekşiruvlaridan ötişi kerak:
➡️ umumiy qon tahlili (UQT – umumiy qon tahlili);
➡️qon bioximiyasi (jigar, buyrak, qand, xolesterin va h.k.);
➡️qonda qand miqdori (glyukoza);
➡️xolesterin va lipid profili;
➡️qonda temir miqdori va gemoglobin;
➡️D va B12 vitamini (agar simptomlar bölsa).
🔢Surunkali kasalligi bor insonlar (masalan, diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari):
✅ Yilda 2 – 4 marta yoki şifokor tavsiyasiga köra, qon tahlillari topşirişi lozim.
🔢Homilador ayollar:
🤰Homiladorlik davrida tahlillar şifokor tavsiyasi bilan har 3 oyda kamida 1 marta, bazan har oyda topşiriladi.
🔢Yoşi katta insonlar (50 yoşdan yuqori):
✅ Yilda 1–2 marta töliq laborator tekşiruvlardan ötişi kerak. Sababi insonning yoşi ulğaygani sari xavf omillari ham ortib boradi.
🔢Alohida simptomlar paydo bölsa:
✅ Quyidagi holatlarda darhol qon tahlillari topşiriş tavsiya etiladi:
➡️çarçoq, köngil aynişi, tösatdan ozib ketiş;
➡️teri oqarişi yoki sarğayişi;
➡️iştaha yöqolişi;
➡️harorat kötarilişi;
➡️notekis yurak urişi yoki nafas qisişi.