Özbekistonda juda kuçli jazirama kutilmoqda. Nima qilmoq kerak?
14-05-2025, 22:31
691 марта

Özbekistonda juda kuçli jazirama kutilmoqda. Nima qilmoq kerak?
Bugundan boşlab 16 may kunigaça mamlakatimizning katta qismida havo harorati 42–43°C daraja issiqni taşkil etişi kutilmoqda.Jazirama nafaqat noqulaylik tuğdiradi, balki inson salomatligi uçun jiddiy xavf keltirib çiqaruvçi omil hamdir. Bunday ob-havo şaroitida organizmning termoregulyatsiya tizimiga katta yuk tuşadi, bu esa mavjud surunkali kasalliklarning zörayişiga yoki issiqlik bilan boğliq kasalliklar, jumladan, issiqdan organizmning umumiy holsizlanişi va hayot uçun xavfli bölgan oftob urişi kabi holatlarning yuzaga kelişiga olib kelişi mumkin.
Yuqori harorat, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga salbiy tasir körsatadi, yurak urişini tezlaştiradi va qon bosimini oşirişi mumkin. Organizmning tana haroratini meyorda saqlaşga urinişi kuçli terlaşga olib keladi, bu esa suvsizlaniş xavfini oşiradi.
Xöş, qanday ehtiyot çoralarini köriş lozim?
Uşbu savolga Soğliqni saqlaş vazirligining Ekologik diplomatiya bölimi boşliği Abduqayum Töxtaqulov batafsil javob berdi.
— Jazirama kunlari kunning eng issiq vaqti — soat 12:00 dan 16:00 gaça iloji boriça yopiq binolar yoki salqin joylarda böliş tavsiya etiladi, — deydi mutaxassis. — Bu vaqtda quyoş nurlari eng kuçli bölib, tananing qizib ketişi va quyoş urişi xavfi yuqori böladi. Agar köçaga çiqiş zarurati tuğilsa, soya joylarda yuriş, soyabondan foydalaniş va faollikni kunning salqinroq paytlari — ertalab yoki keçqurunga rejalaştiriş maqsadga muvofiqdir.
Şuningdek, uy şaroitida salqinlikni taminlaş ham muhim. Masalan, kunduzi quyoş tuşadigan tomondagi derazalarni yopiq holda saqlaş, keçasi havo salqinlaşganda derazalarni oçib, xonalarni şamollatiş, kunning eng issiq vaqtlarida peç, kir yuviş maşinasi, quritgiç kabi özidan issiqlik çiqaruvçi maişiy texnikalardan foydalanişni çeklaş kerak.
Jaziramada töğri kiyim tanlaş ham muhim. Yengil, keng biçimli, havoni yaxşi ötkazadigan tabiiy matolardan (paxta, ipak) tikilgan liboslarni kiyiş tavsiya etiladi. Sintetik matolardan tikilgan kiyimlardan saqlaniş lozim. Imkon qadar oç rangli ust-boşlarni tanlaş maqsadga muvofiq, çunki ular quyoş nurini yaxşiroq qaytaradi.
Köçaga çiqqanda keng soyabonli boş kiyim kiyiş va quyoşdan himoyalovçi közoynak taqiş şart. Boşni quyoş nuridan asraş juda muhim, çunki boş miyaning qizib ketişi tezda issiq urişiga olib kelişi mumkin.
Kun davomida tez-tez salqin duş yoki vanna qabul qiliş tana haroratini pasaytirişga yordam beradi. Muntazam yuviniş terining samarali nafas olişini taminlaydi. Ammo juda sovuq suvdan foydalanmaslik kerak, çunki haroratning keskin özgarişi organizm uçun stress bölişi va hatto pnevmoniyaga olib kelişi mumkin. Xona haroratidagi yoki biroz salqin suv eng maqbul variantdir.
Teriga, ayniqsa, boş va böyin sohalariga höl soçiq yoki latta qöyiş ham organizmni samarali sovitiş usulidir.
Şuningdek, issiqda oğir jismoniy mehnat yoki sport bilan şuğullaniş suvsizlaniş, silla qurişi va oftob uriş xavfini sezilarli darajada oşiradi. Bunday şaroitda yurak-qon tomir tizimiga tuşadigan yuk ortadi, bu esa tayyorgarligi bölmagan odamlarda yurak xuruji yoki insult xavfini yuzaga keltiradi. Imkon bölsa, sport bilan konditsionerli yopiq inşootlarda şuğullangan afzal. Maşğulot paytida organizmga quloq soliş, tez-tez dam oliş, yetarli miqdorda suyuqlik içiş zarur. Boş aylanişi, köngil aynişi yoki kuçli holsizlik kabi belgilar paydo bölsa, maşğulotni darhol töxtatiş kerak.
Surunkali kasalliklari (gipertoniya, yurak kasalliklari, semizlik) bor insonlar issiqda jismoniy faollik bilan şuğullanişdan oldin şifokor bilan maslahatlaşişlari lozim.