USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda har kuni 137 ta oila ajraşmoqda

116 марта
Ўзбекистонда ҳар куни 137 та оила ажрашмоқда

Özbekistonda joriy yilning dastlabki olti oyida 24 815 ta oila ajraşdi. Eng köp nikohdan ajraliş Toşkent şahrida qayd etilgan bölsa, eng kam körsatkiç Navoiy viloyatida kuzatildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Malumotlarga köra, joriy yilning dastlabki olti oyida ajrimlar soni 24 815 tani taşkil qilgan. Har ming aholiga nisbatan ajrimlar koeffitsiyenti 1,3 promillega teng bölgan. Yani, mamlakat aholisi hisobida har 1000 nafar kişiga örtaça 1,3 ta nikohdan ajraliş holati töğri kelgan.

Qayd etilişiça, 2025 yilning şu davrida 23,3 mingta nikohdan ajraliş qayd etilgan bölsa, joriy yilning yanvar-iyun oylarida bu körsatkiç qariyb 1,5 mingtaga oşgan.

Ajrimlarning hududlar kesimidagi eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahrida qayd etilgan bölib, bu yerda 3222 ta nikoh bekor qilingan. Şuningdek, Farğona viloyatida 2676 ta, Samarqand viloyatida 2608 ta, Andijon viloyatida 2471 ta va Toşkent viloyatida 2334 ta ajrim qayd etilgan.

Hududlar böyiça ajrimlar soni quyidagiça:

Qoraqalpoğiston Respublikasi – 1048 ta;
Andijon viloyati – 2471 ta;
Buxoro viloyati – 1275 ta;
Jizzax viloyati – 1072 ta;
Qaşqadaryo viloyati – 1704 ta;
Navoiy viloyati – 673 ta;
Namangan viloyati – 2070 ta;
Samarqand viloyati – 2608 ta;
Surxondaryo viloyati – 1718 ta;
Sirdaryo viloyati – 865 ta;
Toşkent viloyati – 2334 ta;
Farğona viloyati – 2676 ta;
Xorazm viloyati – 1079 ta;
Toşkent şahri – 3222 ta.

Şuningdek, hisobot davrida Özbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etilgan. Bu körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 3 mingtaga kamaygan.

Ajrimlarning asosiy qismi şahar hududlariga töğri kelgan. Xususan, jami ajrimlarning 60,1 foizi yoki 14,9 mingtasi şaharlarda, 39,9 foizi yoki 9,9 mingtasi esa qişloq joylarida qayd etilgan.

Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, 2026 yilning birinçi yarmida nikohlar soni kamaygan, ajrimlar soni esa ötgan yilning şu davriga nisbatan oşgan.

Eslatib ötamiz, 2025 yil holatiga köra, Özbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni taşkil etgan. Bu har 1000 ta nikohga örtaça 175 ta ajrim töğri kelişini anglatadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: