“Özenergoinspektsiya”ga ham yangi boşliq tayinlandi
Axadxon Ikromjonoviç Isoqjonov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni imzolandi.
Unga köra, Dadajon Aynaquloviç Isaqulov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi boşliği lavozimidan ozod etildi. U 2025 yilning noyabridan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritayotgan edi.
Malumot uçun, Axadxon Isoqjonov uzoq muddat "Öztransgaz" aktsiyadorlik jamiyati Boşqaruv raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi (v.v.b.) lavozimida faoliyat yuritgan hamda tizimni modernizatsiya qiliş, istemolçilar murojaatlari bilan işlaş jarayonlarini boşqargan.
Keyinçalik Özbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işladi. Uşbu lavozimda MDH doirasidagi xalqaro anjumanlarda Özbekiston delegatsiyasiga boşçilik qildi hamda global kompaniyalar (masalan, ROSEN Group) bilan sanoat xavfsizligi yönalişidagi hamkorlik memorandumlari imzolanişini muvofiqlaştirdi.