Toşkentda 1,3 mlrd sömlik tabiiy gazni ömarganlar uşlandi
Toşkent şahrida 1,3 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar qildi.
Malum qilinişiça, Boş prokuratura ştabi tomonidan Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida nazorat tadbiri ötkazilgan. Unda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanişga doir bir neçta holatdar aniqlangan. Xususan, “O. F.” MÇJga qaraşli noturar binoning hisoblagiçiga taşqi tasir körsatilib, 956 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi malum bölgan.
Şuningdek, uşbu tumanda joylaşgan “A. F.” MÇJga tegişli savdo dökonida ham xuddi şunday qoidabuzarlik aniqlangan. Keltirilgan zarar dastlabki hisoblarga köra, 331 million sömni taşkil qilgan.
Qayd etilişiça, yana bir holatda Yunusobod tumanida fuqaro V. A. ga tegişli bino özboşimçalik bilan tarmoqqa ulanib, 84 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi malum bölgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan qanday protsessual işlar olib borilayotgani haqida inspektsiya axborot bermagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi umumiy ovqatlaniş joyi va novvoyxonada 2,4 milliard sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan edi.