Surxondaryoda 1,9 mlrd sömlik elektr ömarildi
Surxondaryo viloyatida 1,9 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Boş prokuratura ştabi tomonidan viloyatning Qumqörğon tumanida ötkazilgan nazorat tadbirida “Ş. M.” fermer xöjaligiga qaraşli suv nasoslari hisoblagiçdan taşqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Uşbu qoidabuzarlik oqibatida elektr taminoti korxonasiga 1 milliard 907 million sömlik zarar yetkazilganligi malum bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 7,3 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xöjaligi aniqlangandi.