Markaziy bank asosiy stavkani yana özgarişsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Bu haqda Markaziy bank boşqaruvining bugun, 29 iyul kuni bölib ötgan yiğilişi yakunlarida malum qilindi.
Regulyator bergan malumotlarga köra, 2026 yil iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 6,4 foizga yetgan, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foiz darajasida özgarişsiz saqlanib qolgan. Şuningdek, umumiy inflyatsiyaning yil yakunida 6,5 foiz atrofida bölişi, iqtisodiy ösiş prognozi esa 7,5–8 foiz darajasida saqlab qolingani qayd etilgan.
Malum qilinişiça, joriy yilning iyun oyida energiya va toşkömir narxlarining oşişi tasirida umumiy inflyatsiya suratlarining qisqa muddatli yuqorilaşi kuzatilmoqda. Markaziy bankning pul-kredit siyosati esa inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytiriş, makroiqtisodiy barqarorlikni taminlaş va aholining xarid qobiliyatini saqlaşga qaratilgan bölib qoladi.
Axborotda aytilişiça, asosiy stavkani körib çiqiş böyiça navbatdagi yiğiliş 2026 yil 16 sentyabr kuniga belgilangan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 iyun kuni Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirgan edi.