Vladivostokda oğir ahvolda qolgan ayol farzandi bilan Özbekistonga qaytarildi
Rossiyaning Vladivostok şahrida oğir ijtimoiy ahvolda qolgan Özbekiston fuqarosi va uning voyaga yetmagan farzandi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasiga murojaat qilgan fuqaro vaqtinçalik yaşaş joyi hamda tirikçilik uçun mablaği qolmagani sababli Özbekistonga qaytişda yordam söragan. Şundan söng, Boş konsulxona Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur taşkiliy va diplomatik çoralarni körgan.
Fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan “Vladivostok–Toşkent” yönalişiga aviaçiptalar xarid qilingan.
Zarur hujjatlar rasmiylaştirilib, kuzatuv işlari yakunlangaç, fuqaro va uning voyaga yetmagan farzandining Vladivostokdan jönab ketişi taşkil etilgan hamda ular soğ-salomat Özbekistonga qaytarilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston elçixonasi tomonidan Rossiyada oğir ahvolga tuşgan özbekistonlik ayol uç nafar farzandi bilan ortga qaytarilgan edi.