Özbekistonning Belarusdagi yangi elçisi Lukaşenkoga işonç yorliqlarini topşirdi
Özbekistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elçisi Nuriddin Mamajonov Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Marosimda Özbekiston elçisi bilan bir qatorda Braziliya, Peru, Möğuliston, Janubiy Koreya, Myanma, Saudiya Arabistoni, Liviya va Ruandaning yangi tayinlangan elçilari ham iştirok etgan.
Yangi diplomatik missiyalar rahbarlariga murojaat qilgan Aleksandr Lukaşenko Özbekistonning Markaziy Osiyodagi muhim örnini alohida takidlagan. Uning qayd etişiça, ötgan oy Özbekiston Prezidenti tomonidan Belarusga amalga oşirilgan tarixiy taşrif ikki davlat örtasidagi munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga olib çiqib, hamkorlik rivojida yangi bosqiçni boşlab bergan.
Suhbat davomida tomonlar barça darajalardagi oçiq va işonçli muloqot savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy loyihalarni jadallaştirişga, şuningdek, erişilgan kelişuvlarni tez fursatda amalga oşirişga xizmat qilayotganini takidlagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 21 iyul kuni investitsiya hamda taşqi savdo masalalariga befarqligi aytilgan Özbekistonning Belarusdagi elçisi Rahmatulla Nazarov lavozimidan ozod etilgan edi.
27 iyul kuni esa Farğona viloyati hokimi örinbosari Nuriddin Mamajonov Özbekistonning Belarusdagi yangi elçisi etib tayinlandi.