Özbekiston Gretsiyaga yangi elçi tayinladi
22-11-2025, 14:24
165 марта

Özbekiston Gretsiyaga yangi elçi tayinladi
Gretsiyaning Afina şahrida Özbekistonning Gretsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Abat Fayzullayev Gretsiya davlat rahbari Konstantinos Tasulasga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.Qayd etilişiça, marosim çoğida Gretsiya Respublikasi Prezidenti yangi elçilarni samimiy tabriklab, ularga faoliyatida muvaffaqiyat tilagan. Şuningdek, elçilarning ikki va köp tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga munosib hissa qöşişiga umid bildirgan.
Bölib ötgan qisqa suhbat çoğida Konstantinos Tasulas dunyoda geosiyosiy qarama-qarşiliklar kuçayib borayotgan bir paytda, Özbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro işonçni mustahkamlaşga muhim hissa qöşayotganini alohida takidlagan.
Gretsiya yetakçisi Özbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqiçga kötarilganini alohida qayd etgan. Mamlakatlar örtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini bildirildi.