Özbekiston Turkiyaga yangi elçi tayinladi
17-06-2025, 13:56
274 марта

Özbekiston Turkiyaga yangi elçi tayinladi
Özbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov keça, 16 iyun kuni Anqara şahriga yetib bordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, kunning ikkinçi yarmida Ilhom Haydarov Turkiya Taşqi işlar vazirligi Protokol Boş boşqarmasi boşliği, elçi Ahmet Jemil Miroğluga işonç yorliqlari nusxalarini topşirgan.Muloqot davomida keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlariga asoslangan Özbekiston-Turkiya ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro taşkilotlar doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş istiqbollari, xususan joriy yilning 21-22 iyun kuni Istanbulda bölib ötadigan Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari Kengaşining 51-sessiyasida Özbekiston delegatsiyasining iştiroki muhokama qilingan.
Şuningdek, turli darajadagi özaro taşriflar va qöşma tadbirlarni taşkil etiş, jumladan, ikki mamlakat Taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarni ötkaziş kabi masalalar körib çiqilgan.
“Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, madaniy-gumanitar va turizm sohasidagi aloqalarni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi”, deyiladi xabarda.Bildirilişiça, Ahmet Jemil Miroğlu Özbekistonning yangi tayinlangan elçisiga Turkiyadagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan va Istanbuldagi Taşqi iqtisodiy aloqalar kengaşi (DEIK) bilan töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyişga yaqindan kömak körsatişga tayyorligini bildirgan.
Malumot uçun, 56 yoşli diplomat 2024 yil iyul oyidan buyon Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi. U Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti), Rossiya taşqi savdo akademiyasini, Memfisdagi (AQŞ) Xalqaro paxta maktabini tamomlagan.
Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va xorijiy vakolatxonalarda savdo-iqtisodiy maslahatçi, Ukrainadagi elçi lavozimlarida işlagan.
2009 yildan 15 yil davomida “Özbekengilsanoat” davlat aktsiyadorlik kompaniyasiga (hozirgi “Töqimaçilik va tikuv-trikotajsanoat” uyuşmasi) rahbarlik qilgan. Şu bilan birga, 2021–2024 yillarda Özbekiston Iş beruvçilar konfederatsiyasi raisi sifatida işlagan.
Ilhom Haydarov Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi etib saylangan Alişer Agzamxöjayev örniga tayinlandi. Alişer Agzamxöjayev 2017-2025 yillarda Özbekistonning Turkiyadagi, 2018 yildan etiboran esa bir vaqtning özida Bolgariyadagi elçisi bölib işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Ravşan Usmonov (qarorgohi London şahrida joylaşgan) mazkur davlat Taşqi işlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boşliği Ralf Viktoriyga işonç yorliqlari nusxalarini topşirgandi.