“Çorsu” bozori va “Eski Juva” majmuasi kompleks rekonstruktsiya qilinadi
“Çorsu” bozori va “Eski Juva” majmuasi hududlari kompleks rekonstruktsiya qilinadi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Toşkent şahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 279-sonli qarorida belgilangan.
Hujjatga köra, Toşkent şahar hokimligi Vazirlar Maxkamasiga “Çorsu” bozori va “Eski Juva” majmuasi hududlarini kompleks rekonstruktsiya qiliş kontseptsiyasi böyiça takliflarni işlab çiqişi va kiritişi lozim.
Bunda quyidagilarni nazarda tutilişi takidlangan:
“Çorsu” bozorining memoriy-tarixiy elementarini saqlaş va restavratsiya qiliş, jumladan, barça gumbazlar hamda ulardagi mozaik pannolarni töliq saqlab qoliş;
arxitekturaviy yeçimlarda tarixiy qiyofani saqlaş, gumbazli kompozitsiyaning silueti va dominantlarini özgarişsiz koldiriş;
rekonstruktsiya işlari davomida gumbazlar va mozaikalarga zarar yetkazilişining oldini oliş böyiça aniq çoralarni belgilaş;
loyihada ilmiy jamoatçilik, arxitektorlar, madaniy meros sohasi vakillarining taklif va xulosalarini inobatga oliş.
Qarorga köra, mazkur tamirlaş işlari 2026 yil noyabr yakuniga qadar bitirilişi lozim. Işga masul qilib poytaxt hokimligi hamda Madaniy meros agentligi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq mazkur qarorga muvofiq, Toşkent şahar Yunusobod tumani Sayilgoh hududidagi barça bino va inşootlarni “dizayn-kod” asosida tamirlaş işlari amalga oşirilişi xabar qilingandi.