“Farhadskiy”, “Örikzor”, “Qöyliq”, “Ippodrom”: Toşkentda deyarli barça bozorlar sotiladi
Toşkentdagi deyarli barça bozorlar, jumladan “Farhod”, “Örikzor”, “Qöyliq” va “Ippodrom” hamda şular qatori yana 31 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning şoxobçalari sotuvga qöyiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Toşkent şahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 279-sonli qarorida belgilandi.
Qarorga muvofiq, poytaxtdagi jami 35 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning şoxobçalari ommaviy savdolarga çiqariladi.
Hujjatga köra, sotuvga çiqarilayotgan obektlar savdolarida “Toşkent invest kompaniyasi” AJ buyurtmaçi sifatida iştirok etadi. Kompaniya har bir obekt böyiça tayyor biznes loyihasini işlab çiqadi va şu asosda ular sotuvga qöyiladi. Kompaniyaga savdoga çiqariş xarajatlari va mazkur sotuv jarayonidan tuşgan mablağning 1 foizi ötkazib beriladi.
Qayd etilişiça, bozor va savdo kompleksi hamda ularning şoxobçalari hududida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat körsatiş markazlari, köngiloçar majmualar hamda köp qavatli avtoturargohlar barpo etiladi. Zarur hollarda uşbu obektlar negizida yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun binolar “Toşkent invest kompaniyasi” AJga ötkazilişi mumkin.
Sotuvga qöyiladigan obektlar orasida “Navröz” dehqon bozori, “Çilonzor buyum savdo kompleksi”, “Bek töpi” savdo kompleksi, Sergeli dehqon bozori, Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori, “Parkent” universal savdo kompleksi, “Yangiobod” ixtisoslaşgan bozori, “Aviasozlar” dehqon bozori, “Qora-qamiş” va “Farhod” dehqon bozorlari, “Öriqzor” savdo kompleksi, “Qöyliq” dehqon bozori, “Beşqörğon savdo” MÇJ hamda boşqa obektlar va mazkur bozor şoxobçalari mavjud.
Şuningdek, hujjatda keltirilişiça, Toşkent şahridagi boşqa dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslaştirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari)ning şoxobçalari hamda ularning böş turgan maydonlari master rejalar va belgilanadigan şartlar asosida baholangan qiymatda elektrton onlayn auktsion savdolariga çiqariladi.