“Örikzor” bozorida yonğin böldi
Bugun, 4 iyul kuni Örikzor bozoridagi dökonda yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 04:26 da Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Toşkent halqa avtomobil yöli köçasida joylaşgan Örikzor bozoridagi dökonda yonğin sodir bölayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv bölinmalari soat 04:35 da hodisa joyiga yetib borgan. Yonğin soat 04:48 da qurşab olinib, soat 05:01 da esa öçirilgan.
Yonğin oqibatida oziq-ovqat dökoni 150 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlangan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qöyliq dehqon bozori hududida yonğin sodir bölgan edi.