Sergelidagi köp qavatli uyda yonğin çiqdi
Bugun, 28 iyun kuni Toşkent şahar Sergeli tumanidagi köp qavatli uylardan birida yonğin çiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 15:25 da Sergeli tumani “Yangi Sergeli” MFY, Sergeli 8-dahasida joylaşgan köp qavatli uy xonadonlarining birida yonğin sodir bölganligi töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv bölinmasi soat 15:32 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 16:08 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida xonadonning taxminan 30 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatidagi avtomobil ehtiyot qismlari dökonida yonğin sodir bölgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bölmagan. Yonğindan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.