“Qöyliq” bozorida yonğin böldi
Bugun, 17 iyun kuni Qöyliq dehqon bozori hududida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
https://t.me/qalampirlive/139900Malum qilinişiça, soat 10:18 da Toşkent şahrining Bektemir tumani Xonabodtepa köçasida joylaşgan Qöyliq dehqon bozori hududidagi oşxonada yonğin sodir bölayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv bölinmalari soat 10:27 da hodisa joyiga yetib borgan va yonğin soat 10:36 da bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida oşxonaning tom qismi yonib zararlangani aytilgan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Eslatib ötamiz, keça, 16 iyun kuni Navoiy viloyatining Uçquduq tumanida joylaşgan bir neçta dökonlar yonib ketgandi.