Piskentda dökon yonib ketdi
Bugun, 22 iyun kuni Toşkent viloyatidagi avtomobil ehtiyot qismlari dökonida yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 09:35 da Toşkent viloyati FVBBga Piskent tumani, “Oybek” MFYda joylaşgan avtomobil ehtiyot qismlari dökonida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv bölinmalari voqea joyiga soat 09:45 da yetib borgan, yonğin soat 09:48 da qurşab olingan va soat 10:14 da töliq öçirilgan.
Qayd etilişiça, yonğindan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğinning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida joylaşgan yoğoç omborida katta yonğin sodir bölgandi.