Toşkentda çiptasiz yurgan 80 mingga yaqin yölovçi jazolandi
Toşkent şahrida joriy yil boşidan beri jamoat transportidan yöl haqini tölamasdan foydalangan 79 mingdan ortiq yölovçiga nisbatan mamuriy çora körildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning ötgan davri davomida avtobuslarda çiptasiz harakatlangan yölovçilarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 144-moddasi (transportda çiptasiz yuriş) 5-qismi asosida 79 618 ta mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Har bir qoidabuzar yölovçiga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 1/10 qismi, yani 41 ming 200 söm miqdorida jarima belgilangan. Uşbu davrda undirilgan jarimalarning umumiy miqdori qariyb 2 mlrd sömni taşkil etgan.
Malum qilinişiça, yöl haqini öz vaqtida tölaş jamoat transporti tizimining barqaror işlaşi, avtobuslar qatnovi muntazamligi va xizmat sifatini oşirişda muhim ahamiyatga ega.
“Har bir tölangan yöl haqi – transport tizimini yaxşilaşga qöyilgan hissa”, deyiladi xabarda.
Yölovçilardan jamoat transportidan foydalanişda belgilangan tartiblarga rioya qiliş va yöl haqini öz vaqtida tölaş söralgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida joriy yilning dastlabki 3 oy davomida avtobuslarda yöl haqini tölamaslik böyiça 32 450 ta holat aniqlangani haqida xabar berilgan edi.