Özbekiston, Qirğiziston va Ozarbayjon Birinçi xonimlari Issiqköldagi reabilitatsiya markaziga bordi
Bugun, 31 iyul kuni Özbekiston Respublikasining Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qirğiz Respublikasi Birinçi xonimi Aygul Japarova hamda Ozarbayjon Respublikasi Birinçi xonimi Mehribon Aliyeva bilan birgalikda “Altin balalik” reabilitatsiya markaziga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
.jpg)

Taşrif davomida Birinçi xonimlar markaz faoliyati bilan tanişib, bu yerda tarbiyalanuvçilar uçun taşkil etilgan mahorat darslarini kuzatgan hamda bolalar bilan samimiy suhbatlaşgan.

Şuningdek, mehmonlar şarafiga “Şattik” milliy raqs ansambli va yoş komuzçilar ansamblining badiiy çiqişlari namoyiş etilgan. Şuningdek, “Aqilman” iqtidorli bolalar prezident litseyi tarbiyalanuvçilari tomonidan loy va kiygizdan tayyorlangan buyumlar körgazmasi taqdim etilgan.

Şundan söng, mehmonlar markazning sohil hududi va sanat galereyasini közdan keçirgan. Galereyada Qirğiz Respublikasida ötkaziladigan bolalar ijodiyoti böyiça xalqaro tanlovlar ğoliblarining, jumladan, özbekistonlik yoş rassomlarning ijod namunalari namoyiş qilingan.

Şu bilan birga, taşrif dasturidan Özbekiston, Qirğiziston va Ozarbayjon xalqlari örtasidagi döstlik ramzi hisoblangan “Döstlik daraxti” nomli kiygiz pannosiga yakuniy bezak elementini tuşiriş marosimi ham örin olgan.

Taşrif yakunida Qirğiz Respublikasi Birinçi xonimi Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga ananaviy qirğiz milliy musiqa asbobi – çangqöbiz tuhfa qilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 30 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birgalikda Qirğizistonning Issiqköl viloyatidagi Çölponota şahriga borgan edi.