Toşkentning ayrim hududlarida 2 kun issiq suv öçiriladi
Toşkent şahrining ayrim hududlarida issiq suv taminotida vaqtinçalik uzilişlar böladi. Bu diametri 1200 millimetr bölgan suv quvurida rejalaştirilgan profilaktika va tamirlaş işlari olib borilişi bilan boğliq. Bu haqda “Veolia Energy Taşkent” xabar berdi.
Qayd etilişiça, IM-2 hududida issiq suv taminoti bugun, 3 avgust soat 09:00 dan ertaga 4 avgust soat 22:00 gaça vaqtinça töxtatiladi.
Malumotlarga köra, çeklov issiq suvni tayyorlaş va uzatiş jarayonida zarur bölgan sovuq suv bosimining pasayişi yoki uning vaqtinça töxtaşi sabab yuzaga keladi.
Issiq suv quyidagi hudud va köçalarda vaqtinça öçiriladi:
Mirzo Uluğbek, Temur Malik, Avoyxon, Mingbuloq, Mirişkor, Şukura Burxonova, Razzoq Xamroyev, Salom, Dörmon yöli va Feruza köçalari hamda Qorasuv-1, Qorasuv-2, Qorasuv-3, Qorasuv-4, Qorasuv-6, Buz-2 hamda Feruza massivlarida issiq suv vaqtinça öçiriladi.
Mutasaddilar yuzaga kelgan noqulayliklar uçun istemolçilardan uzr sörab, tuşunganliklari uçun minnatdorlik bildirgan.