Şavkat Umurzoqovga yangi maslahatçi tayinlandi
Fathulla Ubaydullayeviç Niğmonov Toşkent şahar hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari – poytaxt hokimi Şavkat Umurzoqovning yangi maslahatçisi etib tayinlandi. Bu haqda şahar hokimligining axborot xizmati xabar berdi.
Fathulla Niğmonov 1984 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2012 yilda Toşkent arxitektura-quriliş institutini geodezik hisoblaş va boşqa tarmoqlar muhandisligi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Niğmonov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toşkent şahar hududiy saylov komissiyasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U mehnat faoliyati davomida Yunusobod tumani hokimligida turli masul lavozimlarda, Bektemir tumani hokimining birinçi örinbosari hamda tuman hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining 10 ta tumani hokimiga nisbatan korrupsion holatlar nazoratini amalga oşiriş maqsadida xizmat tekşiruvi ötkazilişi xabar qilingandi.