USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda nodavlat talimdan norozilar köpaymoqda

284 марта
Ўзбекистонда нодавлат таълимдан норозилар кўпаймоқда

Özbekistonda nodavlat talim xizmatlari sohasida istemolçilar murojaatlari köpaymoqda. Sönggi uç yilda talimga oid murojaatlarning qariyb 96 foizi xususiy talim taşkilotlari faoliyati bilan boğliq bölgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Malumotlarga köra, uşbu davrda jami 103,5 mingta murojaat kelib tuşgan bölib, ularning 2 070 tasi talim xizmatlariga taalluqli. Murojaatlarni örganiş natijasida istemolçilar foydasiga qariyb 1 milliard sömga yaqin mablağ qayta hisob-kitob qilinişi taminlangan.

Qayd etilişiça, tahlillar davomida fuqarolarning asosiy etirozlari nodavlat talim taşkilotlarida xizmat körsatiş sifati va şartnoma munosabatlari bilan boğliq ekani aniqlangan.

Xususan, fuqarolar quyidagi holatlardan norozi bölgan:

  • talim sifati talab darajasida emasligi;
  • amalda körsatilmagan xizmatlar uçun haq undirilişi;
  • şartnoma şartlari, tölov tartibi va mablağlarni qaytariş mexanizmlari haqida yetarli malumot berilmasligi;
  • muddatli tölov asosida tuzilgan şartnomalarni bekor qilişdagi muammolar;
  • reklamada vada qilingan xizmatlarning amalda bajarilmasligi.

Amaldagi qonunçilikda talim sifati ustidan davlat nazorati belgilangan. Biroq nodavlat talim xizmatlarini körsatiş jarayonini tartibga soluvçi aniq mexanizmlar va pullik talim xizmatlarini körsatişning yagona qoidalari mavjud emasligi ayrim hollarda istemolçilar huquqlari buzilişiga sabab bölmoqda.

Şu sababli, qömita xorijiy tajribani ham örgangan. Jumladan, Frantsiyada Qualiopi, Niderlandiyada NRTO va Şveytsariyada EduQua tizimlari orqali xususiy talim xizmatlarining sifati baholanib, audit va sertifikatlaş amaliyoti yölga qöyilgan. Uşbu tizimlar talim xizmatlari sifati, şaffoflik va istemolçilar manfaatlarini taminlaşda muhim vosita sifatida qöllanilmoqda.

Örganişlar asosida Raqobat qömitasi nodavlat talim xizmatlari bozorini takomillaştiriş böyiça bir qator takliflarni ilgari surgan.

Jumladan:

  • nodavlat talim xizmatlari uçun ixtiyoriy sertifikatlaş tizimini joriy etiş;
  • nodavlat talim taşkilotlari tomonidan pullik talim xizmatlarini körsatiş qoidalarini işlab çiqiş va tasdiqlaş;
  • talim xizmatlari körsatuvçi taşkilotlarning istemolçilar bilan munosabatlariga qöyiladigan minimal talablarni belgilaş taklif qilinmoqda.

Qömita fikriça, uşbu takliflarning amalga oşirilişi talim xizmatlari sifatini oşiriş, fuqarolarning huquqlarini işonçli himoya qiliş, sohada halol raqobat muhitini şakllantiriş va yagona şaffof tartiblarni joriy etişga xizmat qiladi.

Qayd etilişiça, Raqobat qömitasi mazkur takliflarni amalga oşiriş böyiça vakolatli davlat organlariga yuborgan. Şuningdek, sohadagi muammolarni bartaraf etiş maqsadida Talim sifatini taminlaş milliy agentligi, Oliy talim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgaça va maktab talimi vazirliklari bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 11 Avgust 2026 15:25
      Tugatish kerak hamma xususiy ta'limni sababi faqat tijorat uchun hammasi, endi chiqadi xususiy ta'limni sifati ko'ramiz.

Мавзуга алоқадор: