Turkiyada vafot etgan özbekistonlik erkakning jasadi mamlakatga olib kelindi
Avvalroq, Turkiyaning Bursa viloyatida özbekistonlik 36 yoşli Oybek Niyozov tösatdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Uning jasadi mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş konsulxona tomonidan marhumning yaqinlariga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatilgan hamda vakolatli turk idoralari bilan tegişli taşkiliy masalalar muvofiqlaştirilgan.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi tomonidan körsatilgan moddiy kömak asosida marhumning jasadi Özbekistonga olib kelinib, yaqinlariga topşirilgan.
Bildirilişiça, marhumning ölimi sabablari yuzasidan Turkiya vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.
“Turkiya Respublikasining Bursa viloyati, Inegöl tumanida mehnat faoliyatini olib borgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi, asli Xorazmlik 36 yoşli Oybek Niyozovning vafot etgani munosabati bilan marhumning oila azolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Muğla provintsiyasida olib borilgan qidiruv işlaridan söng bedarak yöqolgan Özbekiston fuqarosining jasadi topilgan edi.