Istanbulda yuz bergan yonğinda Özbekiston fuqarosi vafot etdi
26-04-2025, 13:51
314 марта
Istanbulda yuz bergan yonğinda Özbekiston fuqarosi vafot etdiIstanbul şahrida 19 yoşli özbekistonlik özi yaşab turgan uyda sodir bölgan yonğin oqibatida vafot etdi. Boş konsulxona va Migratsiya agentligi hamkorligida marhumning jasadi Özbekistonga olib kelindi.
Turkiyaning Istanbul şahri Kadikoy tumanida 19 yoşli Özbekiston fuqarosi ijarada turgan uyida çiqqan yonğin sabab vafot etdi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar qildi.
24 aprel kuni boş konsulxona Özbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda, uşbu fuqaroning jasadini vatanga qaytardi. Marhumning jasadini Özbekistonga yuboriş bilan boğliq barça xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan töliq qoplab berildi.
Şu örinda, konsulxona, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim şaxslar tomonidan marhumni Özbekistonga yuboriş uçun yordam puli yiğilayotgani haqidagi yolğon va asossiz malumotlar tarqatilayotganini qayd etgan. Konsulxona fuqarolarni bu kabi notöğri xabarlarga işonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanişga çaqirdi.