30 yil xizmat qilgan harbiylarning pensiyasi 100 foizgaça oşiriladi
Keça, 7 avgust kuni Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatçilarning pensiyasini hisoblaşning eng yuqori miqdorini 75 foizdan 100 foizga oşirişni nazarda tutuvçi “Harbiy xizmatçilarning (xodimlarning) va ular oila azolarining davlat pensiya taminoti töğrisida”gi qonun maqullandi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar berdi.
Yangi qonun bilan harbiy xizmatçilar va ularning oila azolarini davlat pensiyasi bilan taminlaş masalalari yagona tartibda belgilab berilmoqda. Hujjatda pensiya oliş huquqiga ega şaxslar doirasi, xizmat yillari uçun pensiya, nogironlik va boquvçisini yöqotganlik pensiyasini tayinlaş, hisoblaş, qayta hisoblaş hamda tölaş tartibi belgilanadi.
Qayd etilişiça, şu vaqtga qadar mazkur sohadagi munosabatlar asosan sobiq Ittifoq davrida qabul qilingan hujjatlar va ayrim xalqaro kelişuvlar asosida tartibga solingan.
Yangi qonun esa uşbu masalalarni Özbekiston Konstitutsiyasi va milliy qonunçilik asosida mustahkamlaydi. Şuningdek, xizmat vaqtida halok bölgan yoki xizmat davrida olgan jarohati yoki kasalligi oqibatida vafot etgan harbiy xizmatçilarning oila azolarini pensiya bilan taminlaş böyiça kafolatlar kuçaytiriladi.
Senatorlar muhokama yakunida mazkur qonunni maqullagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida Senat Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, faoliyatini taşkil etiş tartibi hamda vakolatlarini belgilab beruvçi “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni maqullangani haqida xabar berilgan edi.