Andijonda zilzila sodir böldi
Bugun, 9 avgust kuni Andijon viloyatida zilzila sodir böldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yer qimirlaşi soat 08:33 da yuz bergan. Zilzila epitsentri Toşkentdan 276 kilometr janubi-şarqda joylaşgan. Zilzila magnitudasi 3 ga teng bölgan, çuqurligi esa 10 kilometrni taşkil qilgan.
Zilzila koordinatalari: 40,57 daraja şimoliy kenglik; 72,37 daraja şarqiy uzunlik.
Özbekiston Respublikasi hududida seziliş kuçi:
- Marhamat tumanida 2-3 ball, 8 km.
- Buloqboşi tumanida 2-3 ball, 10 km.
- Asaka tumanida 2 ball, 17 km.
- Xöjaobod tumanida 2 ball, 22 km.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 31 iyul kuni Özbekistonning 10 ta hududida zilzila sodir bölgan edi.