USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xivadagi “Qovun sayli” Ginness rekordlari kitobiga kirdi

38 марта
Хивадаги “Қовун сайли” Гиннесс рекордлари китобига кирди

Joriy yilning 9 avgust kuni Xivada ötkazilgan “Qovun sayli” festivalida 259 kişi bir vaqtning özida 10 dan ortiq qovun navini tatib körib, jahon rekordini örnatdi. Bu haqda Turizm qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 7-9 avgust kunlari Xivaning “Içan qala” tarixiy majmuasi va “Arda Xiva” sayyohlik markazida “Qovun sayli” festivali ötkazilgan.

Festival doirasida “Eng katta qovun degustatsiyasi” böyiça jahon rekordi örnatilgan. Guinness World Records tomonidan berilgan rasmiy sertifikatga köra, bir vaqtning özida 259 kişi 10 dan ortiq qovun navini tatib körgan.

Rekordni tasdiqlaş jarayonida Guinness World Records taşkilotining rasmiy hakami, Turkiya va Markaziy Osiyo böyiça vakili Şeyda Subaşi Gemiji iştirok etgan.

Malumotlarga köra, festivalga jami 186 ming nafar mehmon taşrif buyurgan. Ularning 150 ming nafari mahalliy, 36 ming nafari esa xorijiy sayyohlarni taşkil etgan.

Tadbir davomida Xorazm viloyatining tumanlari, fermer xöjaliklari va boşqa iştirokçilar önlab qovun navlarini namoyiş etgan. Şuningdek, mehmonlar turli qovunlardan tatib köriş, işlab çiqaruvçilar bilan suhbatlaşiş hamda Xorazmning qişloq xöjaligi ananalari bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölgan.

Festival dasturidan sanatkorlarning çiqişlari, mahorat darslari, körgazmalar va turli tanlovlar ham örin olgan. Tadbirning yopiliş marosimida rossiyalik xonanda MakSím ham sahnaga çiqqan.

Festival yakunida tanlov ğoliblari ham aniqlangan. Uçinçi örinni Urganç davlat universiteti, “UzAuto”ning Xorazm filiali hamda Avtomobil yöllari qömitasi Xorazm viloyati boşqarmasi egallagan. Ikkinçi örin Xorazm viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasiga nasib etgan.

Birinçi örin Yangiariq tumani hokimligiga, boş sovrin esa Xiva şahar hokimligiga berilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 20 ming nafar iştirokçi “Andijon polkasi”ga raqsga tuşib Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: