Qozoğistonga köçayotgan özbekistonliklar soni keskin kamaydi
Özbekistondan Qozoğistonga köçib ketayotganlar soni sönggi yillarda sezilarli darajada kamaydi. Biroq Özbekiston mamlakatga eng köp köçib borayotgan davlatlar orasida yetakçilikni saqlab qolmoqda. Bu haqda “Data Hub” xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning birinçi yarmida Özbekistondan Qozoğistonga doimiy yaşaş uçun qariyb 2,9 ming kişi köçib ötgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 49,2 foizga kamayib, sönggi beş yil içidagi eng past natijaga aylangan.
Şunga qaramay, Özbekiston qöşni respublikaga eng köp migrant yuborgan davlatlar orasida birinçi örinni egallagan. Mamlakatdan borganlar Qozoğistondagi jami taşqi migratsiya oqimining 36,1 foizini taşkil etgan.
Taqqoslaş uçun, 2022 yilning birinçi yarmida Özbekistondan Qozoğistonga 3 418 kişi köçib ötgan bölsa, 2025 yilning şu davrida bu körsatkiç 5 693 nafarga yetgan. Joriy yilda esa u qariyb 2,9 ming nafargaça kamaygan.
Köçib borganlarning qariyb 2 ming nafari etnik qozoqlar bölgan. Ularning 1 743 nafari, yani 60 foizdan köproği Olmaota va Manğistau viloyatlariga joylaşgan. Yana 535 kişi yoki 18,5 foizi Olmaota va Ostona şaharlarini tanlagan.
Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 41 nafar qozoğistonlik Özbekistonga doimiy yaşaş köçib kelgan. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 32 nafarni taşkil etgan. Natijada ikki davlat örtasidagi migratsiya saldosi Qozoğiston foydasiga 2 853 kişini taşkil qilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning birinçi yarmida Özbekiston fuqarolari Rossiyaga işlaş maqsadida eng köp kirgan migrantlar bölgani, uşbu davrda Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolari Rossiyaga jami qariyb 1,9 million marta mehnat faoliyati uçun kirgani haqida xabar berilgan edi.