Xorijga köçib ketayotgan özbekistonliklar soni kamaygani malum qilindi
27-04-2025, 10:09
302 марта
Xorijga köçib ketayotgan özbekistonliklar soni kamaygani malum qilindi Joriy yil 1-çoragida mamlakatdan çet elga köçib ketganlar soni 2024-yil mos davridagidan kamaydi. Bu haqda Statistika qömitasi malumot berdi.
2025-yil yanvar—mart oylarida Özbekistondan xorijiy davlatlarga 2 371 kişi doimiy yaşaş uçun köçib ketgan.
Qömitaning bu galgi tahlilida fuqarolar qaysi davlatlarga köproq köçib ketayotgani töğrisida raqamlar keltirilmagan. Masalan, 2024-yil birinçi çorakda 2 586 kişi çet elga köçgan. Şundan 2 125 nafari Rossiyani tanlangan. Keyingi örinda Qozoğistonga boruvçilar uluşi nisbatan köproq bölgan (357 kişi).
Oxirgi 15 yilda fuqarolar eng köp köçib ketgan davlatlar Rossiya va Qozoğiston bölgan.
Qömita tahliliga qaraganda, 2021-yil ilk çoragida Özbekistondan 4 094 kişi, 2022-yil mos davrida 1 137 kişi, 2023-yil yanvar—martida 4 053 kişi xorijga köçgan.
Söngi yillarda aholi orasida çet elga köçib ketuvçilar uluşi qisqarib bormoqda. Masalan, 2010-yilda mamlakatdan qariyb 44 420 kişi çet elga köçgandi. Oradan bir yil ötib (2011-yilda), bu raqam yanada kattalaşgan va 50 816 nafarga yetgan. 2015-yilgaça çet elga köçganlar soni 30 000 nafardan ortiq bölgan.
Keyingi davrda mazkur körsatkiç kamayib bordi:
2016-yilda — 28 069 kişi;
2017-yilda — 20 772 kişi;
2018-yilda — 19 006 kişi;
2019-yilda — 13 229 kişi;
2020-yilda 13 648 kişi çet davlatlarga doimiy yaşaş istagida köçib ketgan.