Ruslanbek Davletov işdan olindi
Bugun, 13 avgust kuni Ruslanbek Quroltayeviç Davletov Özbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident tegişli farmonni imzoladi.
Malumot uçun, Ruslanbek Davletov 2025 yilning iyulidan buyon uşbu lavozimda işlab kelayotgan edi. U nima uçun lavozimidan olingani aytilmagan va unga yangi iş ham berilmagan.
Ruslanbek Davletov 1980 yil 1 iyunda Özbekistonning Xorazm viloyati Şovot tumanida tuğilgan. 2001 yilda Buyuk Britaniyaning Uorvik universitetida bakalavr, 2003 yilda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistrlik darajasini olgan. 2007 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2001 yilda Monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasida yetakçi mutaxassis sifatida boşlagan. Keyinroq mazkur qömitada boş mutaxassis, bölim boşliği vazifasini bajaruvçi bölib işlagan. 2004-2012 yillarda Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro şartnomalar boşqarmasi boş mutaxassisi, 2012-2014 yillarda Oliy sud huzuridagi Sud qonunçiligini demokratlaştiriş va liberallaştiriş, sud tizimi mustaqilligini taminlaş tadqiqot markazi direktori örinbosari va direktor vazifasini bajaruvçi, 2014-2016 yillarda – Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmati Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlaştiriş şöbasining mudiri lavozimlarida faoliyat körsatgan. 2016 yil sentyabridan 2017 yil yanvarigaça Adliya vazirining birinçi örinbosari bölgan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 yanvardagi farmoni bilan Ruslanbek Davletov Özbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni muvofiqlaştiriş böyiça Davlat maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Davletov 2017 yil 14 sentyabrdan Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri böldi. U 2022 yil 15 noyabrdan ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalar böyiça Prezident maslahatçisi etib tayinlandi va şu munosabat bilan Adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
2024 yil dekabrda Ruslanbek Davletov Özbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-marifiy va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.