USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda biznesning har bir bosqiçiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi

64 марта
Ўзбекистонда бизнеснинг ҳар бир босқичига мос яхлит экотизим яратилади

Özbekistonda endi biznesning har bir bosqiçiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezidentning Xivada bölib ötayotgan oçiq muloqotida malum qilindi.

Qayd etilişiça, Prezident tadbirkorlar kötargan masalalar asosida yangi taşabbuslarni elon qilgan. Birinçi yönaliş – tadbirkorlik uçun barqaror ösiş trayektoriyasini taminlaş.

Banklar kredit portfelida kiçik biznes uluşi 45 foizdan 63 foizga oşdi. Birinçi yarim yillikning özida kiçik va örta biznesga 76,5 trillion söm resurs ajratilgan.

Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” işga tuşgan. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uçun raqobat qiladi, biznesni endi boşlayotganlar 5 milliard sömgaça kreditni onlayn rasmiylaştirişi mumkin böladi.

Endi biznesning har bir bosqiçiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uçun “Biznes start”, işlab çiqarişni yölga qöyganlar uçun “Biznes lift”, yangi ösiş bosqiçiga ötayotganlar uçun “Biznes yuksaliş” dasturlari joriy etiladi.

“Biznes start” doirasida tadbirkorlar suniy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritişni örganadi. Bu maqsadga 100 milliard söm ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million sömgaça garovsiz kredit beriladi.

“Tadbirkorga kredit beriş emas, uni birinçi qadamidan katta biznesga aylanguniça boşidan oxirigaça qöllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz”, deydi davlat rahbari.

Kiçik tadbirkorlar uçun eng katta masalalardan biri – garov taminoti. Şu bois, biznesning haqiqiy qiymatini baholab kredit beriş imkonini yaratadigan “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi.

10 milliard sömgaça kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlaş kompaniyasi, 15 foizini banklar öz zimmasiga oladi. Tadbirkorning öziga 25 foiz garov topiş kifoya qiladi.

“Virtual soliq maslahatçisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatolarni kamaytirişga yordam beradigan suniy intellekt portali işga tuşirildi. Kelasi yildan bunday “suniy intellekt yordamçilari” quriliş, mehnat munosabatlari, taşqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi.

Ikkinçi yönaliş – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oşiriş. Davlat rahbari minglab gektar böş yer va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat loyihaga aylanib, iş örni va eksportga xizmat qilganda haqiqiy qiymat yaratişini takidlagan.

Davlat aktivini sotib olişda avans 30 foizdan 15 foizga tuşiriladi, olti oyda töliq tölov qilganlarga 25 foiz çegirma beriladi. Summaning yarmini tölagan tadbirkor qolganini 7 yilda foizsiz bölib tölaşi mumkin böladi.

Uç oyda sotilmagan davlat mulkining boşlanğiç narxi bosqiçma-bosqiç 10 foizgaça kamaytiriladi. Auktsion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: