OTMlarda yangi öquv yili qaysi sanadan boşlanişi aytildi
2026/2027-öquv yilida akademik litsey, texnikum va oliy talim muassasalarida öquv jarayonlari qaysi sanadan boşlanişi elon qilindi. Bu haqda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy öquv yilida akademik litsey va texnikumlarda öquv jarayonlari 2 sentyabr sanasidan boşlanadi.
Oliy talim taşkilotlarida esa yangi öquv yili bosqiçlarga qarab turli sanalarda start oladi.
Unga köra:
- 1-bosqiç talabalari uçun – 7 sentyabrdan;
- 2-bosqiç va undan yuqori bosqiçda öquvçi talabalar uçun – 14 sentyabrdan öquv jarayonlari taşkil etiladi.
Şu tariqa, akademik litsey va texnikum öquvçilari hamda oliy talim muassasalari talabalari uçun 2026/2027-öquv yilining boşlaniş sanasi rasman belgilandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oliy talim muassasalariga kira olmagan abituriyentlar uçun vakant örinlarga qayta tanlov ötkazilişi haqida xabar berilgan edi.