“Muammolar juda köp”. “Özbekfilm” qarzga botgani malum böldi
“Özbekfilm”ning 22,9 million yevro miqdorida kredit majburiyati va 1 milliard sömdan ortiq soliqdan qarzi borligi malum böldi. Bu haqda Madaniyat vazirining birinçi örinbosari – Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov malum qildi.
“Muammolar köp. Juda köp. Lekin bugun ularning hammasini birma-bir sanab ötirişni lozim topmadim. Çunki hozir hal qilinişi kerak bölgan eng muhim masala – “Özbekfilm” asraş va uni garovdan xalos qiliş. Bugun “Özbekfilm”ning 22,9 million yevro miqdorida kredit majburiyati borligini bilarmidingiz? Studiyaning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham uşbu kredit uçun garovga qöyilgan. Bu hali hammasi emas”, deydi Jahongir Ahmedov.
Uning bildirişiça, soliqlardan qariyb 1 milliard sömdan ortiq qarzdorlik töplangani sababli kinostudiya balansidagi 12 ta avtomaşina 12 kun içida auktsionga qöyilişi xavfi bor. Xodimlarning iş haqlari böyiça ham yirik qarzdorliklar şakllangan. Kinostudiya bir yilda kamida 60 milliard sömlik buyurtma bajarmasa, özini saqlab turolmaydi. Yani u amalda davlat buyurtmasiga qaram bölib qolgan. Biznes modeli yöq. Bozor mexanizmiga töliq ötilmagan.
“Bu – oddiy raqamlar emas. Bu raqamlar ortida asrlik özbek kinosi tarixi, uning obrösi va taqdiri turibdi. “Özbekfilm”da ne-ne buyuk rejissyorlar, aktyorlar, operatorlar, rassomlar va kino mutaxassislari öz yölini boşlagan. Xalqimiz bugun ham sevib tomoşa qiladigan köplab filmlar şu yerda yaratilgan. Şuning uçun bugungi vazifa – studiyani şunçaki saqlab qoliş emas. Uni tubdan isloh qiliş kerak”, deydi Kinematografiya agentligi direktori.
Uning bildirişiça. moliyaviy jihatdan barqaror, zamonaviy boşqaruvga ega, kuçli ijodiy jamoalarni birlaştiradigan, xususiy investitsiya va xalqaro hamkorlikni jalb qiladigan, öz mahsuloti bilan bozorga çiqadigan haqiqiy milliy kino kompaniyasi barpo etiş kerak.
“Hurmatli Prezidentimiz “Özbekfilm”ga “Milliy” maqomini berdilar. Menimça, bu şunçaki maqom emas. Bu — yuksak işonç. Bu — ulkan masuliyat. Şu işonçni oqlaşimiz kerak. “Özbekfilm” – oddiy kinostudiya emas. U – özbek kinosi tarixi. Va endi u özbek kinosi kelajagining ham tayançi bölişi kerak”, deydi Ahmedov.
Malumot uçun, “Özbekfilm” – eng birinçi taşkil qilingan va eng katta badiiy filmlar işlab çiqaruvçi özbek kinostudiyasi. Studiyaga 1925 yil asos solingan. Uning ilk nomi “Şarq yulduzi” bölgan. 1936 yil “Özbekfilm” deb nomlangan. Ikkinçi jahon uruşi yillarida studiya “Toşkent Kino Studiyasi” deb ham nomlangan. 1958 yil nomi yana qaytadan “Özbekfilm” deb özgartirilgan. Kino studiya şu kungaça 400 dan ortiq töla metrajli va 100 dan oşiq multiplikatsiya qilingan film çiqargan. “Özbekfilm” kinostudiyasi işlab çiqargan maşhur filmlar qatoriga “Maftuningman” (1958) va “Mahallada duv-duv gap” (1960) filmlarini kiritiş mumkin.