USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nepaldagi suv toşqini qurbonlari orasida özbekistonliklar bormi?

128 марта
Непалдаги сув тошқини қурбонлари орасида ўзбекистонликлар борми?

Nepal va Tibetda yuz bergan kuçli suv toşqinlari oqibatida halok bölganlar va jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöq. Bu haqda Özbekistonning Dehlidagi, ayni paytda Nepalda ham faoliyat yuritayotgan elçixonasi malumotlariga tayanib, “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.

Elçixonaga köra, diplomatik vakolatxona tegişli idoralar bilan doimiy aloqada bölib, tabiiy ofat oqibatlari va vaziyat rivojini muntazam kuzatib bormoqda.

Himolay daryosiga loy va toş massasining qulaşi oqibatida yuzaga kelgan suv va vayronalar oqimi yöllar, uylar hamda infratuzilmani yuvib ketgan. Nepalda kamida 165 kişi halok bölgan. Mahalliy hokimiyat qurbonlar soni yana ortişi mumkinligini bildirgan.

Mamlakatda 826 kişi, jumladan, 500 ga yaqin xorijlikning qayerdaligi nomalumligiça qolmoqda. Bedarak yöqolganlar orasida Hindistonning 177, AQŞning 63, Avstraliyaning 34, Buyuk Britaniyaning 33 va Kanadaning 25 nafar fuqarosi bor.

Qidiruv-qutqaruv işlariga 5 mingdan ortiq harbiy xizmatçi va politsiya xodimi jalb etilgan. Qutqaruvçilar 125 kişini, jumladan, 20 nafar xorijlikni topib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan.

Jabrlangan hududlarga çodirlar, oziq-ovqat va boşqa zarur vositalar yetkazib berilmoqda. Biroq qutqaruv işlarini yangi suv va loy köçkilari xavfi hamda prognoz qilinayotgan yomğirlar murakkablaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, Nepal va Tibetda keça, 26 avgust kuni yuz bergan halokatli suv toşqinlari oqibatida 1,5 mingga yaqin kişi, jumladan, 700 dan ortiq xorijlik bedarak yöqolgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: