USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sietl 1 sentyabrni “Özbekiston Mustaqilligi kuni” deb elon qildi

84 марта
Сиэтл 1 сентябрни “Ўзбекистон Мустақиллиги куни” деб эълон қилди

AQŞning yirik iqtisodiy va texnologik markazlaridan biri – Sietl şahri meri Keti B.Uilson 2026 yil 1 sentyabrni şaharda rasman “Özbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb elon qildi. Mazkur qaror Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Özbekistonning Vaşingtondagi boş konsuli Ahror Burhonov malum qildi. 

Sietl meri tomonidan imzolangan rasmiy proklamatsiyada Özbekistonning 35 yil davomida suverenitet, taraqqiyot va keng kölamli transformatsiya yölini bosib ötgani alohida takidlangan.

Hujjatda, şuningdek, Özbekistonning Sietlda Boş konsulxonasi faoliyatini yölga qöygani qayd etilib, buning natijasida Sietl Özbekistonning bevosita diplomatik vakolatxonasi mavjud bölgan AQŞning sanoqli şaharlaridan biriga aylangani etirof etilgan.

Proklamatsiyada Özbekiston Markaziy Osiyoning eng köp aholiga ega davlati va mintaqaning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biri ekani, mamlakat oçiq bozorlar va xalqaro şeriklikni kengaytirişga intilayotgani qayd etilgan.

Şuningdek, Özbekistonning qadimiy Ipak yöli markazida joylaşgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq istemolçiga ega mintaqaga çiqiş imkonini beruvçi strategik darvoza sifatidagi örni takidlangan. Sietlning dunyoga maşhur biznes hamjamiyati bilan savdo, investitsiya, logistika, texnologiyalar va energetika sohalarida katta hamkorlik imkoniyatlari mavjudligi alohida körsatib ötilgan.

Sietl meri Özbekiston Boş konsulxonasining faoliyati ikki tomon örtasida uzoq muddatli insonlararo, biznes va hukumatlararo aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etgan.

Özbekistonning Sietldagi boş konsuli Axror Burxanov uşbu qarorni ikki xalq örtasidagi döstlik va tobora kengayib borayotgan şeriklikning muhim ramzi sifatida baholagan.

“Sietl şahrining Özbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga körsatayotgan bunday yuksak etibori biz uçun katta şaraf. Bu qaror nafaqat bayramimizga hurmat, balki Özbekiston va AQŞning Tinç okeani şimoli-ğarbiy mintaqasi örtasida şakllanayotgan yangi va istiqbolli munosabatlarning yaqqol ifodasidir. Sietlda Boş konsulxonaning oçilişi bilan biz bu döstlikni aniq iqtisodiy, texnologik, talimiy va madaniy loyihalarga aylantirişni maqsad qilganmiz”.

Joriy yilning 4 sentyabr kuni Sietlda Özbekiston Respublikasining AQŞ Ğarbiy sohilidagi birinçi Boş konsulxonasining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötadi. Tadbir Özbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bağişlanib, unda Vaşington ştati va Sietl şahri rahbariyati, diplomatik korpus, yetakçi AQŞ kompaniyalari, akademik doiralar va jamoatçilik vakillari iştirok etişi kutilmoqda.

Sietl şahrining mazkur tarixiy qarori Özbekiston – AQŞ munosabatlarining hududlararo darajada yangi bosqiçga kötarilayotganini hamda mamlakatning AQŞ Ğarbiy sohilidagi siyosiy, iqtisodiy va jamoatçilik aloqalari izçil kengayib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Malumot uçun, Sietl AQŞning Tinç okeani şimoli-ğarbiy mintaqasidagi eng yirik iqtisodiy, texnologik va savdo markazlaridan biri. Katta Sietl mintaqasi 4,1 milliondan ziyod, iqtisodiyoti 2025 yilda qariyb 607 mlrd AQŞ dollari hajmidagi yalpi hududiy mahsulot yaratgan bölib, bu Vaşington ştati iqtisodiyotining asosiy qismini taşkil etadi. 

Sietl va uning atrofidagi şaharlarda dunyoning eng yirik kompaniyalaridan Amazon va Starbucks boş qarorgohlari Sietlda, Microsoft, Costco Wholesale, T-Mobile va PACCAR joylaşgan. Şuningdek, mintaqada Boeing, Google, Meta, Expedia Group va Alaska Airlines kabi global kompaniyalar katta faoliyat yuritadi. Katta Sietldagi yetakçi oçiq aktsiyadorlik kompaniyalarining jami daromadi 1,5 trln dollardan oşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Kanadada yaşayotgan 500 nafar özbekistonlik Prezident Şavkat Mirziyoyevga murojaat yöllab, Yangi Özbekistondagi özgarişlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganini alohida etirof etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: