Sietlda “Özbek mahallasi” jamoat uyuşmasi taşkil etildi
AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida istiqomat qilayotgan özbekistonliklar taşabbusi bilan rasman “Özbek mahallasi” jamoat uyuşmasi taşkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.

Malum qilinişiça, uyuşma Vaşington ştati hukumati tomonidan rasman röyxatdan ötkazilgan. Uyuşmaga Vaşington ştati davlat kotibi Stiv Hobbs tomonidan huquqiy maqom berilgan bölib, bu Sietldagi özbek jamoasi uçun tarixiy voqea sifatida baholanmoqda.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda Vaşington ştatida Özbekistondan kelgan 3 mingdan ortiq kişi yaşaydi. Ularning aksariyati Sietl şahri va uning atrofida istiqomat qilib, Microsoft, Amazon, Google, Boeing, Oracle va NVIDIA kabi yetakçi xalqaro kompaniyalarda mehnat qilmoqda. Ular dasturiy taminot işlab çiqiş, suniy intellekt, muhandislik, aviatsiya, soğliqni saqlaş va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritadi.
AQŞ davlat boşqaruvi tizimida 15 yildan ortiq tajribaga ega özbekistonlik Musa Xolmurodov “Özbek mahallasi” uyuşmasi raisi etib tayinlangan. Manbaga köra, u ayni paytda Vaşington ştati Jazoni ijro etiş departamentida rahbarlik lavozimida işlaydi.
Uyuşmaning asosiy vazifalari özbekistonliklar örtasida hamjihatlikni mustahkamlaş, milliy bayramlar va madaniy tadbirlarni taşkil etiş, AQŞga yaqinda kelgan Özbekiston fuqarolarining ijtimoiy moslaşuviga kömaklaşiş, şuningdek, yoş avlodda ona tili, milliy ananalar va madaniy merosga hurmat tuyğusini şakllantirişdan iborat.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Hukumati fuqarolarining Amerika Qöşma Ştatlari hududiga kirişi böyiça viza talablarini yengillaştiriş ustida işlaşi belgilangan edi.